Iqboljon Xoldorov Xitoy taypeyilik raqibini nokautga uchratdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 64 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov o‘zining muvaffaqiyatli janglari sonini yana bittaga oshirib qo‘ydi.
Biroz avval yakuniga etgan bahsda, hamyurtimiz Xitoy Taypeyi vakili Hun-Min Panga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang davomida yaqqol ustunlik qilgan Iqboljon ikkinchi raund so‘nggida raqibini ringga qulatdi. Ketma-ket zarbalarni o‘tkazib yuborgan Xitoy taypeyilik bokschi shifokorlar yordamida ringni tark etdi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli namoyish etilmoqda (Havola)

Fikrlar