Islandiya darvozaboni: Messi penaltini qaerga tepishini bilar edim
Islandiya terma jamoasi darvozaboni Xannes Xoldorsson JCh-2018 1-turidan o‘rin olgan Argentinaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men uchun jamoamning JChdagi dastlabki o‘yinidayoq eng yaxshi futbolchisi bo‘lish katta sharaf. Bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega.
Aynan men qaytargan penalti bizning guruhdan chiqish borasidagi imkoniyatlarimizni oshiradi. Albatta, men uyda ham penaltilar borasida o‘z ustimda ishlagan edim.
Men Messining oldingi tepgan penaltilarini ko‘rib chiqqan edim. Biz bugun eng kuchli jamoa va eng kuchli futbolchilarga qarshi kechgan o‘yinda ochko olishga erishdik", - deb aytib o‘tdi Xoldorsson.
Fikrlar