Islandiya terma jamoasini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Islandiya Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, islandlarni endi shvetsiyalik Erik Xamren boshqaradi.

61 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolanganligi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 dan so‘ng Islandiyani 7 yil boshqargan Xeymir Xadlgrimsson jamoani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!