
Isroil Madrimov: Hali hammasi oldinda!
Xabaringiz bor, kecha Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda 9 vazn toifasida hamyurtlarimiz ringga ko‘tarilishdi. Ammo, ulardan faqat 6 tasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar uchun JCh chorak finaldayoq tugadi.
Mag‘lub bo‘lgan bokschilarimizni barchasi janglarni munosib o‘tkazishdi. Ayniqsa, Isroil Madrimov jang davomida katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramasdan mag‘lub bo‘lgani achinarli holat bo‘ldi.
Ushbu jangdan so‘ng yosh va umidli bokschimiz SPORTS.uz axborot portali muxbiriga o‘zining jang haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
-Juda ham qiyin jang bo‘ldi. Shunga qaramay bor kuchim bilan jang qildim, ammo yakun men kutgandek bo‘lmadi. Amerikalik bokschilardan sal cho‘chib turgan edim, qaysi ma’nodaki, musobaqada ularning kam sonli bokschilari qolishgan edi, bu esa medallar ham kam degani. Achinarlisi, aynan mening jangimda cho‘chigan narsam ro‘y berdi. Ular bokschilarini chempion qilishmoqchi....
Shu o‘rinda meni qo‘llab quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Oltin medal o‘z yo‘liga, jangim xalqimizga yoqqan bo‘lsa kifoya, -deydi iste’dotli bokschimiz.
Fikrlar