Isroil Madrimov: Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqmoqchiman
Tadbirda Aziz Abduhakimov delegatsiyamiz bayroqdori Isroil Madrimovga tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini topshirdi.
“Ushbu katta va mas’uliyatli vazifa menga topshirilganidan benihoya xursandman. Sharafli vazifani qo‘ldan kelganicha oltin medal bilan oqlashga harakat qilaman. Menda oltin medalni qo‘lga kiritishim uchun etarlicha motivatsiya bor. Chunki, oldingi Osiyo o‘yinlarida finalgacha etib borib, kumush medalni qo‘lga kiritgandim. Endi uni oltinga aylantiraman. Indoneziyadagi musobaqada barcha sportchilarimizga omad tilayman”, – dedi Isroil Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini 232 nafar sportchi 30ta sport turida himoya qiladi.

Fikrlar