
JCh-2018 chempioni - Frantsiya ushbu musobaqaga borolmagan Gollandiyani sinovdan o‘tkazadi
Bugun UEFA Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan yana bir markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, Frantsiya o‘z maydonida Gollandiya termasini qabul qildi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Frantsiya Gollandiyaga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 4ta bahsning barchasida g‘alaba qozongan.
- Frantsuzlarning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12ta o‘yindan buyon davom etib kelmoqda.
- Gollandiya so‘nggi 5ta o‘yindan faqat 1tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
Frantsiya – Gollandiya
Stadion: "Stad de Frans" (Sen-Deni, Frantsiya)
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Alberto Undiano Malenko (Ispaniya)
Taxminiy tarkiblar:
Frantsiya: Areolya – Pavar, Varan, Umtiti, Mendi, Kante, Pogba, Matyuidi, Mbappe, Jiru, Grizmann.
Gollandiya: Sillessen – van Deyk, Blind, Ligt, Tete, Veynaldum, Strotman, Yanmaat, Anxolt, Babel, Depay.
Fikrlar