Jaloliddin jiddiy jangga tayyor

  • 20.08.2017 21:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bokschining SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, 25 avgust kuni rossiyalik Konstantin Terexov bilan kuch sinashadi. Bellashuv olti raund qilib belgilandi.

Iste’dodli bokschimiz Jaloliddin O‘ktamov professional ringdagi ikkinchini jangini Moskvada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Jaloliddin professional ringdagi dastlabki jangini shu yilning 25 mart kuni o‘tkazib, rossiyalik Aleksandr Tixovni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. Hamyurtimizning bu galgi raqibi professional ringda uchta jangdan ikkitasida g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Jaloliddin O‘ktamov 23 avgust kuni Moskvaga yo‘l oladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!