Janjalkash Briggs Tayson Fyurini bir raundda nokaut qilmoqchi
Amerikalik og‘ir vaznli bokschi Shennon Briggs WBA va WBO versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bilan ringda uchrashadigan bo‘lsa, birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratishini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq Briggz Fyuri bilan jang qilishni xohlayotganini aytib o‘tgan edi, biroq o‘shanda britaniyalik bokschining ringga qaytish-qaytmasligi noma’lum edi. Fyuri kelasi yilning bahorida qaytishni rejalashtirmoqda.
– Men Tayson Fyurini bir raundda nokaut qilaman. Men ana shunday kuchli uraman. Sparring raqiblarimni dod deydi. Ularni shifoxonaga yuboraman. Men shug‘ullanishni to‘xtatdim. Chunki jarohatlar va jabrlanuvchilar juda ko‘payib ketdi, – deya Briggsning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Fikrlar