
Janluiji Buffon: O‘zimni 6-7 yil avvalgidan ko‘ra yaxshiroq his qilyapman
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon futbol uchun yoshi biroz o‘tib qolgan bo‘lsada, o‘zini juda yaxshi his qilayotganini aytdi.
“Men qiyinchiliklarni va raqobatni yaxshi ko‘raman. Ba’zida ayrim narsalar imkonsiz deb o‘ylayman va bu haqda uyga kelganda aytaman. Biroq, ichimda o‘zimni 6-7 yil avvalgidan ko‘ra yaxshiroq his qilayotganimni sezaman. Nega bundayligini tushuntirib bera olmayman. Balkim bunga mening ishga bo‘lgan qarashlarimning o‘zgargani sababdir. Meni yoshimda ruhiy jihat katta ahamiyat kasb etadi”, - deydi 40 yoshli italiyalik posbon.
Fikrlar