Jasurbek Latipov yarim finalda qozog‘istonlik bokschi bilan jang qiladi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 52 kg vazn toifasidagi bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov biroz avval yakuniga etgan chorak final jangida hindistonlik Kavindar Bisht ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
5 may kuni o‘tkaziladigan yarim final bahsida hamyurtimiz qo‘shni mamlakat vakili qozog‘istonlik Azamat Issakulovga qarshi ringga ko‘tariladi. Azamat Issakulov chorak final bosqichida Malayziyadan tashrif buyurgan Abdul Salam Qosimni ochkolar hisobiga mag‘lub etgan edi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

Fikrlar