Jeparov "Metallurg"ga qanday kelib qoldi?

  • 27.02.2019 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mana yangi yangi mavsum boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. “Metallurg” klubi bosh direktori Abduqahhor Ma’rufaliev esa stadion va akademiya holati, shuningdek, tarkibdagi o‘zgarishlar kabi masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’rufaliev SPORTS.uz muhbiri bilan suhbat davomida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi hisoblangan Server Jeparovni jamoaga qanday kelib qolgani haqida gapirib o‘tdi.

"Jeparovni “Metallurg”ga o‘tishining sababiga kelsak, bosh murabbiyimiz Andrey Shipilov o‘z vaqtida u bilan “Paxtakor”da birga ishlashgan. Natijada murabbiyning futbolchi bilan til topishishi oson kechdi. Ammo Serverning oldida Eron, Janubiy Koreya va yana boshqa mamlakatlardan takliflari bo‘lgan ekan. Ammo unga “Metallurg”ning maqsad va rejalari to‘laqonli tushuntirilganidan so‘ng bizning taklifimizga rozi bo‘ldi. Jeparovning “Metallurg”da o‘tishi murabbiyimiz katta rol o‘ynadi.

To‘g‘ri, Server Jeparov Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi va u qimmat o‘yinchi hisoblanadi. Biroq sizga shuni aniq ayta olamanki, Server bizga u qadar qimmat narxga tushgani yo‘q. Boya aytganimdek, murabbiy Jeparovning olib kelinishida katta ishni bajardi. Shuningdek, biz ham unga o‘z rejalarimizni tushuntirdik. Jeparov orqali marketing ishimizni yanada rivojlantirmoqchimiz. Balki kelajakda jamoamizda yordamchi murabbiy bo‘lib ham ishlab qolar. Xullas, biz ushbu o‘yinchidan keng miqyosida foydalanmoqchimiz", - deydi bekobodliklar sport direktori.

Abduqahhor Ma’rufaliev  bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!