
Jordan Xenderson: Neymar - yulduzli jamoaning bir a’zosi xolos
“Liverpul” sardori Jordan Xenderson bugun Chempionlar ligasi doirasida PSJga qarshi o‘yin oldidan raqib jamoaning eng xavfli futbolchisi hisoblangan Neymar haqida gapirib o‘tdi.
“Neymar – jahon darajasidagi futbolchi va o‘ta jiddiy raqib. Bugun uni to‘xtatib qolish juda qiyin bo‘ladi. Lekin, biz grand jamoalarga qarshi qanday o‘ynashni yazshi bilamiz. Buni avval ham isbotlaganmiz.
Har bir o‘yinda Neymarning oyog‘iga juda ko‘p tashlanishadi, u esa bundan foydalanib qolishga harakat qiladi. U yulduzli tarkibga ega jamoaning bor yo‘g‘i bir a’zosi xolos. Shu bois biz nafaqat Neymarni, balki butun PSJni qanday qilib to‘xtatib qolish haqida o‘ylashimiz lozim. Bu qiyin bo‘ladi, ammo bizda ajoyib jamoa shakllangan va bu jamoa har qanday raqibga etarlicha muammolar tug‘dira oladi”, - deydi Xenderson.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – PSJ o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar