Joze Mourino murabbiylik faoliyatidagi 900-o‘yinini o‘tkazdi
Kecha Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan "Bornmut" hamda "Manchester Yunayted" (1:2) klublari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, ushbu bahs mankuanliklar ustozi Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi yubiley 900-o‘yin bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu o‘yinlarning 586tasida g‘alaba qozongan, 183tasida durang qayd etgan va 131tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Ma’lumot uchun, hisobida 20 ochko mavjud bo‘lgan "Manchester Yunayted" hozircha musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar