Joze Mourinoning sobiq assistenti Ukraina klubida ish boshladi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning sobiq assistenti Joze Moraish Ukrainaning “Karpati” klubida ish boshladi.
Biroq, hozircha portugaliyalik mutaxassis va ukrain klubi o‘rtasidagi shartnoma bandlari haqida ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun Moraish Mourino bilan "Portu", "Inter", "Real" va "Chelsi" klublarida birga ishlagan. Uning boshqaruvidagi so‘nggi jamoa Angliyaning "Barnsli" klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar