Juftlik bahsida hamyurtlarimiz saralangan tennischilarga qarshi kortga chiqadi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslariga ham start berildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz Saida’lo Saidkarimov/Akmal Sultonbekov juftligi Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Vakillarimiz ustunligida kechgan bahs esa ikki set natijasiga ko‘ra 6-4 6-1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.
Endi hamyurtlarimiz yarim final bosqichi oldidan qatarlik Zayid/Zayed juftligi to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi. Qayd etish lozim, qatarlik tennischilar saralangan sprortchilar qatorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak final bosqichidan ishtirok etishadi.

Fikrlar