
Kante va Alli Londonning eng yaxshi yosh futbolchilari
“Chelsi” yarim himoyachisi N’Golo Kante London Football Awards 2017 talqiniga ko‘ra Londonda yil futbolchisi deb topildi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi “Lester” bilan Angliya chempioni bo‘lgandi, joriy mavsumda esa “Chelsi” bilan yana chempion bo‘lishga yaqin turibdi.
“Tottenxem” xavbeki Dele Alli Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Eng yaxshi posbon sovrini “Tottenxem” darvozaboni Ugo Lorisga nasib qildi.
Fikrlar