Karatechilarimiz Shanxaydagi reyting musobaqasida ishtirok etishadi
7-9 dekabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida karate bo‘yicha kattalar o‘rtasida "A Seriya" turkumidagi reyting turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bellashuvlarda o‘zbekistonlik karatechilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Murabbiylar:
O‘ktam Bekpo‘latov
Dilnoza Bakirova.
Fikrlar