Karrasko uchun kurashga "Manchester Yunayted" ham qo‘shildi
"Manchester Yunayted" Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karraskoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 25 yoshli belgiyalik futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Biroq, bu ular uchun oson bo‘lmasligi aniq. Birinchidan, u Xitoyda juda katta maosh oladi, ikkinchidan uning uchun shuningdek “Milan” klubi ham kurash olib bormoqda.
Esdatib o‘tamiz, Yannik Ferreyra-Karrasko “Dalyan Ifan” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Atletiko” Madriddan 30 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum Xitoy chempionatida jami 25ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 7ta gol kiritishga erishdi. Uning xitoyliklar bilan shartnomasi 2021 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.

Fikrlar