Kasminin: Sentyabr oyidayoq Superligadan ketishga qaror qilgan edim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Beloruslik futbolchi Qozog‘istonning "Okjetpes" Kokshetau jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Sports.kz nashri esa 29 yoshli himoyachi bilan intervyu tashkil etdi. 

"Mening AGMK bilan shartnomam 31 dekarda yakuniga etgan edi. Men sentyabr oyidayoq O‘zbekiston chempionatida qolishni istamagan edim. Chunki, nimanidir o‘zgartirishni istagan edim.

O‘zbekistonda ikki yil o‘ynadim. Shularning bir yarim yili Viktor Kumikov qo‘l ostida o‘tdi. U erda o‘zimni qulay his qildim. O‘zbekistonda doimo quyoshli ob-havo hukmron. Xattoki yangi yil kunida ham havo 17 daraja iliq bo‘ldi.

Bu erda rafiqam bilan tanishganman. Hozirda esa birgalikda qizimizni tarbiya qilmoqdamiz. Kokshetau shahrida esa 50 daraja sovuq bo‘lishi haqida eshitdim. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men professional futbolchiman va nima bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishimni 100 % bajarishim zarur", - dedi Kasminin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!