Kei Nishikori ikkinchi bosqichda

AQShning Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" turnirining erkaklar o‘rtasidagi birinchi davra bahslari qizg‘in pallaga kirdi.

Unda yaponiyalik tennischi Kei Nishikori germaniyalik Maksimiliana Marterer ustidan 6:2, 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Endi Nishikori frantsiyalik Gael Monfisga qarshi uchinchi davraga chiqish uchun raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!