Kerberni kim to‘xtatadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birlashgan Arab Amirliklarida tennis malikalari ishtirokidagi mukofot jamg‘armasi 2 365 250 AQSh dollari bo‘lgan "Dubai Duty Free Championships - 2017" musobaqasida to‘rt nafar tennischi qoldi.

 

Musobaqada bosh sovringa da’vogarlik qilayotgan bu tennischilar orasida birinchi raqamda saralangan Anjelika Kerberning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Chorak final natijalari bilan tanishing:

Anastasiya Sevastova (Latviya) — Van Tsyan (Xitoy) 6:4 7:5

Elina Svitolina (Ukraina, 7) — Loren Devis (AQSh) 6:0 6:4

Karolina Voznyatski (Daniya, 10) — Katrin Bellis (AQSh, LD) 6:3 6:2

Anjelika Kerber (Germaniya, 1) — Ana Konyux (Xorvatiya) 6:3 6:2

Yarim finalda quyidagi juftliklar bellashadi:

Karolina Voznyatski (Daniya, 10) — Anastasiya Sevastova (Latviya)

Anjelika Kerber (Germaniya, 1) — Elina Svitolina (Ukraina, 7) 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!