Klichko super jangga tayyorgarlikni boshladi (video)
Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4-0, 53KO) o‘zining navbatdagi super jangi uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Kichik Klichko mazkur jangda ushbu vazn toifasining IBF chempionlik kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua (18-0, 18 KO) bilan kuch sinashadi.

Ukrainalik bokschi mashg‘ulotlarni Floridadagi “Heavyweight Factory Boxing Gym”da o‘tkazmoqda. Klichko quyidagi videoda gantellar bilan mashqlar bajaramoqda.

Fikrlar