
Klublar o‘rtasidagi JCh. "Real"ning raqibi aniq bo‘ldi
OChL g‘olibi, Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasi yarim final uchun Meksikaning "Gvadalaxara Chivas" klubiga qarshi bahs olib bordi.
Abu-Dabidagi "Hazza bin Zayed" stadionida kechgan bellashuv gollarga boy o‘tdi va unda kun chiqar yurt vakillari 3:2 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa qit’adoshlarimiz yarim finalga yo‘l olishdi. Bu bosqichda ular EChL g‘olibi - "Real"ga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur qarama-qarshilik 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Klublar o‘rtasidagi JCh. Chorak final
"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Gvadalaxara Chivas" (Meksika) 3:2.
Fikrlar