Kovachich: "Real" bilan shartnomam borligini unutganim yo‘q

  • 27 dekabr, 2018, 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Chelsi" safida o‘tkazayotgan Mateo Kovachich yana "Real"ga qaytishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Chelsi”ga o‘tishni juda ham xohlagandim va men hozir bu erda baxtliman. Menga shahar ham, jamoadagi muhit ham ma’qul kelmoqda. Bu esa menga har kuni 100% tayyor bo‘lishimga va jamoa muvaffaqiyati uchun yordam berishimga yordam beradi. Biroq, shu qatori “Real” bilan imzolagan shartnomamni ham xurmat qilaman. Men ushbu kelishuvga rioya qilishim shart va men buni qilaman. Ammo kelajakda nimalar bo‘lishini bilmayman. Mening hozirgi vazifam o‘zimni to‘liq namoyon qilish”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” 24 yoshli Kovachichni bir yilga ijaraga olishgan. U joriy mavsum “Chelsi” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!