
Kozak o‘z xohishiga ko‘ra terma jamoadan ketdi
Slovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Kozak iste’foga chiqarildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra iste’foga chiqish taklifi 64 yoshli mutaxassisning o‘zi tomonidan bildirilgan va rahbariyat ham uning ushbu qarorini maqullagan. Endi terma jamoani ertaga Shvetsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga Shtefan Tarkovich tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Slovakiya UEFA Millatlar ligasining dastlabki uchrashuvida imkoniyatni boy berdi va deyarli guruhdan chiqish imkoniyatlarini yo‘qotdi.
Fikrlar