La Liga baribir niyatiga etdi yoxud AQShdagi ilk uchrashuv "Barselona" ishtirokida bo‘ladi

  • 04.09.2018 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi La Liga tashabbusi bilan AQShda o‘tkaziladigan uchrashuvning ilk ishtirokchisi bo‘ladi. Bu haqda Sport.es internet nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra Ispaniya chempionatining okean ortidagi ilk o‘yini 2019 yilning yanvarida o‘tkaziladi. Ushbu bahs ishtirokchilari AQShning Mayyami shahrida o‘zaro kuch sinashishadi.

Ta’kidlash kerakki, “Barselona” shu kuni Kataloniyaning boshqa bir jamoasi “Jirona”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin La Liganing 27-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator klublar La Liga rahbariyatining ushbu qaroridan norozi bo‘lishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!