La Ligada navbatdagi iste’fo yuz berdi
Bilbaoning “Atletik” klubi bosh murabbiyi Eduardo Beritstso o‘z lavozimini tark etdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra bunga jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, basklar La Liganing o‘tgan 14ta tur yakunlariga ko‘ra 11 ochko bilan musobaqa jadvalida 18-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar