La Liganing ikki klubi "Barselona" futbolchisi uchun kurash boshladi
Mavsumlar oralig‘ida "Barselona"ni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan yarim himoyachi Andre Gomesh yana La Ligada qolishi mumkin.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga qaraganda 24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan “Betis” hamda “Valensiya” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildira boshlashgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Gomeshni taxminan 20 million evro atrofiga sotishni rejalashtirmoqda. Biroq, yuqoridagi jamoalar ushbu narxni pasaytirishga urinib ko‘rishadi.
Fikrlar