"Latsio"ning eng yaxshi to‘purari Rim derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin
“Latsio” to‘purari Chiro Immobile bugun A Seriyaning 26-turidan o‘rin olgan “Roma”ga qarshi Rim derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha 29 yoshli italiyalik hujumchi sonida og‘riq his qilmoqda va aynan shu sabab muhim bahsda o‘ynay olmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Immobile “Latsio”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 11ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, “Latsio” va “Roma” jamoalari bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Fikrlar