Legionerlar: Maksimilian Fomin jamoasi mag‘lubiyatga uchradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Ummon chempionati 15-turida o‘zbekistonlik futbolchi Maksimilian Fomin to‘p surayotgan “Saham” klubi o‘z maydondida turnir peshqadami “Al-Shabob” klubini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o‘yinda 1:3 hisobi qayd etilib, “Al-Shabob” foydasiga hal bo‘ldi. Hamyurtimiz ushbu bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Al-Shabob” ochkolari sonini 32 taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi. “Saham” 21 ochko bilan 6-o‘rinda qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!