Legionerlarimiz. Bugun Axmedov, Krimets, To‘raev va Rashidovlarning jamoalari o‘ynaydi
Bugun Xitoy Super ligasida 6-tur o‘yinlariga start beriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori – Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” bugun Manuel Pellegrini boshchiligidagi “Xebey Chayna Forchun” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Legionerlarimiz. Jeparovning “Sepaxon”i safarda g‘alaba qozondi
Termamizning ishonchli himoyachisi – Egor Krimets to‘p suradigan “Beyjing Guoan” klubi esa Pato xamda Vitseli bor bo‘lgan “Tyantszin Suntszyan”ga qarshi maydonga tushadi.
Malayziyada esa kubok o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Lutfulla To‘raev to‘p faoliyat yuritadigan “Terengganu” jamoasi chorak final bosqichida “Saravak” klubi mehmoni bo‘ladi.
Sardor Rashidovning “Al-Jaish”i esa bugun Qatar shahzodasi kubogi yarim finalida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan “Lexviya” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bir o‘yindan iborat bo‘lgan mazkur bahsda g‘olib chiqqan jamoani finalda “Al-Sadd” kutib turibdi.
16.35 “Shanxay SIPG” – “Xebey Chayna Forchun”(OdilAxmedov)
16.35 “Beyjing Guoan” – “Tyantszin Suntszyan”(Egor Krimets)
17.15 “Saravak” – “Terengganu”(Lutfulla To‘raev)
21.00 “Lexviya” – “Al-Jaish”(Sardor Rashidov).
Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.

Fikrlar