Legionerlarimiz. Krimets to‘p suradigan “Beyjing Guoan” safarda g‘alaba qozondi

  • 13 may, 2017, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Super ligasining 9-turiga start berildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” klubi safarda “Yanbyan” jamoasiga qarshi bahs yuritdi.

Tecno

Hamyurtimiz qaydnomaga ham kiritilmagan mazkur o‘yinda Burak Yilmazning “dubli” evaziga “Beyjing Guoan” safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

O‘zi umuman, poytaxtliklar ustozi Xose Gonsales hamyurtimizni bu mavsum birorta ham o‘yinda hatto qaydnomaga ham kiritgani yo‘q.

Xitoy Super ligasi. 9-tur

“Yanbyan” – “Beyjing Guoan” 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 28 Burak Yilmaz, 1:1 – 32 Bubakar Travelli, 1:2 – 53 Burak Yilmaz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!