
Legionerlarimiz. Nasimov to‘p suradigan “Ansan” durang o‘ynadi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi liga – K liga Chellenjda 12-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Bahodir Nasimov faoliyat olib boradigan “Ansan Griners” o‘z maydonida “Suvon Siti”ni qabul qildi.
Nasimov zahirada qoldirilgan mazkur o‘yinda “yashillar” raqib bilan nursiz duranga “rozi” bo‘lishdi.
Qayd etish joiz, Bahodir jamoasining bundan oldingi ikki o‘yinida qaydnomaga ham kiritilmagan edi.
K liga Chellenj. 12-tur
“Ansan Griners” – “Suvon Siti” 0:0.
Fikrlar