Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Legionerlarimiz hafta davomida. 1 qism

Izohlar: 0

Odatimizga ko‘ra, xorij chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari va ularda hamyurtlarimizning ishtiroki haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

>>Bu mavsum avotogol muallifi bo‘lgan 10 nafar yulduz futbolchi

>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

>>“Atletiko” va yana 5 ta Ronalduning La ligadagi sevimli jamoalari

Yaponiya

Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” J liganing 6-turida “Yokogama” mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hamyurtimiz uchrashuvda to‘liq o‘ynadi. Ayni vaqtda “Jubilo Ivata” 6 o‘yinda 7 ochko to‘plagan xolda turnir jadvalida  18 jamoa orasida 13-o‘rinda bormoqda.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya birinchiligida ham 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bahodir Pardaev to‘p suradigan “Bucheon” jamoasi “Seongnam” jamoasi mehmoni bo‘lib, safarda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pardaev 70-daqiqada zahiradan o‘yinga qo‘shildi.

Bahodir Nasimovning “Ansan Griners” jamoasi esa o‘z maydonida “Suvon”ni qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan bahsda kuchlar teng keldi – 3:3. Nasimov maydonda 66 daqiqa harakat qildi va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

6 turdan so‘ng “Bucheon” 12 ochko bilan 3, “Ansan Griners” esa 7 ochkosi bilan 6-o‘rinda bormoqda. Ma’lumot uchun, ushbu ligada 10 ta jamoa ishtirok etadi xolos.

>>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

Qatar

Yulduzlar ligasida esa 25-tur o‘yinari bo‘lib o‘tdi. Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish” “Al-Garafa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mavsumni medallarsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Rashidov maydonga ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushirildi.

Sanjar Tursunovning “Al-Xaritiyat” jamoasi  esa Sato Minori to‘p suradigan “Al-Muaydar”ga qarshi bahs yuritib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, ikkinchi golga aynan Tursunov mualliflik qildi. Sanjar mazkur bahsni to‘liq o‘tkazdi.

Sanjar Shoaxmedov xamda Temurxo‘ja Abduxoliqovlar to‘p suradigan “Al-Sayliya” Xavi faoliyat yuritadigan “Al-Sadd” mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan bahsda kuchlar teng keldi – 2:2. Sanjar Xavi jamoasiga gol kiritishning uddasidan chiqdi. Shunday bo‘lsada, uni 83-daqiqada almashtirishdi. Abduxoliqov esa to‘liq o‘ynadi.

Qatarda mavsum yakunlanmoqda va chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida “Al-Jaish” 45 ochko bilan 4, “Al-Sayliya” 28 ochko bilan 8, “Al-Xaritiyat” esa 31 ochkosi bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Xitoy

Xitoy Super ligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Odil Axmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” o‘z maydonida “Shandun Luneng” jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Axmedov maydonda to‘liq harakatlandi.

Anzur Ismoilovning “Changchun Yatay” jamoasi esa o‘z maydonida “Liaoning” bilan murosa ko‘chasini tanladi – 1:1. Ismoilov qaydnomaga ham kiritilgani yo‘q.

Egor Krimetsning “Beyjing Guoan”i esa o‘z maydonida “Xenan” klubini qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Ayni vaqtda turnir jadvalida 9 ochkosi bo‘lgan “Shanxay SIPG” ikkinchi, Krimets jamoasi esa 7 ochkosi bilan 6-o‘rinda bormoqda. Ismoilov jamoasi esa xali g‘alaba nimaligini bilganicha yo‘q va 1 ochko bilan oxirgidan oldingi o‘rinda bormoqda.

Rossiya

Premer liganing 22-turida Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv”  jamoasi “Rostov”ga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv nursiz durang bilan nihoyasiga etdi. Hamyurimiz uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” esa bugun “Ural” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

“Lokomotiv” ayni vaqtda hisobida 31 ochkosi bilan 9-o‘rinda bormoqda. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan “Orenburg” 16 ochko bilan 15-pog‘onadan o‘rin egallagan.

Malayziya

Malayziya Super ligasida esa 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Dilshod Sharofetdinov xamda Farxod Tojievlar faoliyat olib boradigan “T-TIM” jamoasi safarda “Perak” bilan bahs olib bordi. O‘yin 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan nihoyasiga etdi. Tojiev uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmagan bo‘lsa, Dilshod o‘yinni to‘liq o‘tkazdi xamda jamoasining dastlabki golliga mualliflik qildi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng “T-TIM” 10 ochko to‘plagan xolda 7-o‘rinda bormoqda.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q