Lennoks Lyuis: Povetkin faoliyatini yakunlashi kerak

  • 26 sentabr, 2018, 11:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuis rossiyalik Aleksandr Povetkinga faoliyatini yakunlashni maslahat bermoqda.

Tecno

Bu bokschi 22 sentyabr kuni ushbu vaznda WBA Super/WBO/IBF/IBO kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshuadan nokaut qabul qilib olgan edi.

Povetkin jangni juda faol boshladi. Jang o‘rtasida esa charchadi. Albatta, bir qancha yaxshi hujumlar uyushtirdi, ammo bu etarli bo‘lmadi. Joshua esa hotirjam o‘z ishini davom ettirdi. Entoni raqib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa ham yutishi mumkin. Jang o‘rtasida emas, balki 12 raundda. Povetkinga keladigan bo‘lsak, u faoliyatini yakunrlashi kerak. U boks va sportning ajoyib elchisi bo‘ldi, – deydi Lyuis TASS nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!