
"Lester" "Atletiko" ko‘zlagan futbolchini ilib ketdi
Germaniyaning "Frayburg" klubi himoyachisi Chaglar Seyunjyu yaqin vaqtlar ichida "Lester"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha jamoalar 22 yoshli turkiyalik futbolchining transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “tulkilar” Seyunjyu uchun nemis klubiga 22 million evro berishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Seyunjyu uchun kurashda Madridning "Atletiko" klubi favorit ekanligi aytilayotgan edi. Biroq, "Lester" so‘nggi daqiqalarda futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olishga erishdi.
Fikrlar