"Lester" "Manchester Yunayted"ga Maguayrning narxini e’lon qildi
"Lester" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Xarri Maguayrni "Manchester Yunayted"ga qanchaga sotishini ma’lum qildi. Bu haqda goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “tulkilar” 25 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosini "Old Trafford"ga 85 mln evro evaziga qo‘yib yuborishlari mumkin.
E’tiborlisi, agar MYu chindan ham ushbu mablag‘ evaziga Maguayrni sotib oladigan bo‘lsa, u holda Xarri dunyo futboli tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, hozircha dunyoning eng qimmat himoyachisi gollandiyalik Virjil Van Deyk hisoblanadi. Aynan u o‘tgan mavsum "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 75 mln funt evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar