"Lester" mavsum yakunlanishini kutmoqchi emas

  • 26 fevral, 2019, 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Klod Pyuelni iste’foga chiqargan “Lester” ayni damda o‘ziga munosib murabbiy qidirmoqda.

Tecno

Bundan avvalroq “tulkilar” “Seltik” ustozi Brendan Rojers bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xatto Rojers mavsumni Shotlandiyada yakunlash istagida bo‘lsa, APL klubi uni yozgacha kutishga ham tayyor ekanligi haqida yozilgan edi.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Lester”ning fikri o‘zgargan va ular mavsum yakunlanishini kutmoqchi emas. Jamoa rahbariyati 51 yoshli mutaxassisni hoziroq bosh murabbiy lavozimida ko‘rishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Lester”ning short-listida Rojersdan tashqari shuningdek Rafael Benitesom (“Nyukasl”) hamda Roberto Martines (Belgiya terma jamoasi) kabi mutaxassislar ham borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!