Roberto Martines APLga qaytishni xohlamadi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Lester"ni boshqarishni istamadi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis “tulkilar”ning taklifini ko‘rib chiqqan, biroq, yakunda o‘z joyida qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Martines APLda "Suonsi", "Uigan" va "Everton" kabi jamoalarni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Lester"dan iste’foga chiqarilgan bosh murabbiyi Klod Pyuel o‘rniga “Seltik” ustozi Brendan Rojers nomzodi ham borligi haqida xabarlar tarqalgan eli.



Fikrlar