"Lester" xo‘jayinining vertolyoti qulashiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
Angliyaning "Lester" klubi xo‘jayini Vichay Shrivaddanaprabx o‘tirgan vertolyot qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bu aviatsiya hodisalarini o‘rganish bo‘yicha Buyuk Britaniya tergov qo‘mitasi hulosasiga ko‘ra ma’lum qilingan. Unga ko‘ra vertolyot havoga ko‘tarilgandan so‘ng bir necha soniya o‘tib bir tomonga og‘ib ketgan va erga qulagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu aviahalokatda Shrivaddanaprabxdan tashqari shuningdek vertolyot uchuvchisi, “Lester” klubining ikki xodimi va bitta passajir halok bo‘ldi.

Fikrlar