
Levandovskining xet-trigi “Bavariya”ga superkubokni taqdim etdi
Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya super kubogi uchun kechgan bahsda Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasini ayab o‘tirmadi.
Frankfurtda kechgan o‘yin “Bavariya”ning yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bellashuvda Robert Levandovski xet-trik (21, 26 va 54-daqiqa) qayd etgan bo‘lsa, Kingsli Koman (63) va Tiago Alkantara (85) o‘z nomlarini bir martadan tabloga yozdirib qo‘yishdi.
Myunxen klubi mamlakat superkubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. “Bavariya” jami etti marta ushbu sovringa ega chiqqan.
Fikrlar