"Liverpul" Klayndan tezroq qutulmoqchi
"Liverpul" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Nataniel Klayndan imkon qadar tezroq qutulmoqchi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mersisaydliklar 27 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib yuborishmoqchi. Gap shundaki, Klayn “Liverpul” murabbiylar shtabining rejalariga kirmaydi va shu sababli ham u bu mavsum bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Ma’lumot uchun, Klayn “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 99ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer narxi 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar