"Liverpul" birdaniga 3 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Angliyaning "Liverpul" klubi o‘zining birdaniga 3 nafar futbolchisi bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar himoyachilar Jo Gomes, Endryu Robertson hamda Trent Aleksandr-Arnoldlarga yangi shartnoma taklif qilishadi. Aytish lozimki, Gomesning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha, Robertson va Aleksandr-Arnoldlarniki esa 2021 yilgacha imzolangan.
21 yoshli Gomes “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 56ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
24 yoshli Robertson esa 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 45ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
20 yoshli Aleksandr-Arnold esa 2016 yildan buyon “Liverpul”ning asosiy tarkibida to‘p surib kelmoqda. U hozirgacha jami 59ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar