"Liverpul" darvozaboni faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
“Liverpul” klubi darvozaboni Simon Minole jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik posbonga Frantsiyaning “Nitstsa” klubidan jiddiy qizqishlar paydo bo‘la boshlagan. Biroq, Minole davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirish niyatida emas, u yozgacha sabr qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Alisson “Liverpul”ga kelgach Minole butkul zaxira posboniga aylanib qoldi.
Ma’lumot uchun, Minole joriy mavsum APLda birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.
Fikrlar