"Liverpul"ga qarshi bahs oldidan PSJda jiddiy yo‘qotishlar bor

  • 23.11.2018 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi etakchisi Neymar UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi navbatdagi turida "Liverpul"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra Parij klubi murabbiylari terma jamoa safida jarohat olib qaytgan braziliyalik futbolchining sog‘ligi borasida tavakkal qilishni istashmayapti va shu sababli ushbu bahsda uni maydonga tushirishmoqchi emas. Ma’lumotlarga qaraganda Neymar lazaretda kamida 2 hafta qolishi kutilmoqda va u yana bir nechta bahslarda ham ishtirok eta olmaydi.

Bundan tashqari jamoaning boshqa bir etakchi futbolchisi Kilian Mbappeni ham “Liverpul”ga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, frantsiyalik futbolchi terma jamoa safida elkasidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, PSJ - "Liverpul" uchrashuvi 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs parijliklar uchun hayot-mamot o‘yni bo‘ladi. Chunki, agar ular shu kuni mersisaydliklarga mag‘lub bo‘lishsa va “Napoli” “Tsrvenoy Zvezda” ustidan zafar quchsa, Tomas Tuxel shogirdlari muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqishdan maxrum bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!