
"Lokomotiv" "Neftchi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi, Shoahmedov jamoani tark etdi
Garchi jamoaning tashkil etilganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, "Lokomotiv" so‘nggi yillar davomida 3 marta O‘zbekiston chempionligi, 3 marta O‘zbekiston kubogi va 1 marta O‘zbekiston Superkubogi sovrinlarini qo‘lga kiritdi..
Bir necha mavsumlardan buyon "Loko" sharafini kuchli futbolchilar himoya qilib kelishmoqda. Jamoa 3 yanvardan yangi 2019 yil uchun tayyorgarlikni boshlaydi va unda o‘tgan mavsumda jamoani tashkil qilgan yigitlarning 90 foizi ishtirok etadi. Futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi va ular 2019 yilgi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, "temiryo‘lchilar" qishda uch nafar yangi futbolchi bilan tarkibni kuchaytirib oldi. Yovan Jokich, Filipp Rayevats va Azizbek Haydarov keyingi mavsum O‘zbekiston chempionati va xalqaro maydonda "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, "Neftchi"ning yosh va iqtidorlik futbolchisi Avazbek O‘lmasaliev jamoamiz bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Keyingi mavsumda "Loko" yanada kuchliroq bo‘lib qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ikrom Aliboevning Janubiy Koreya hamda Sanjar Shoahmedovning Malayziyadagi faoliyatiga omad tilaymiz, deyiladi xabarda.
Fikrlar