"Lokomotiv" "Vest Xem" va "Atletik" kabi jamoalarni ortda qoldirdi

  • 25 yanvar, 2019, 11:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Reytingda Madridning "Atletiko"si etakchilik qilmoqda. Qatorasiga uchinchi bor EChLda g‘olib chiqqan "Real" esa ikkinchi o‘rindan joy olgan. Avstriyaning "Red Bull Zaltsburg" klubi kuchli uchlikni yakunlab beradi. Undan keyingi o‘rinlarda "Barselona" va "Yuventus" bormoqda.

KONMEBOL (Janubiy Amerika)ning eng yaxshi klubi Braziliyaning "Palmeyras" jamoasi bo‘ldi (6-o‘rin). Misrning "Al-Axli"si 58-pog‘onadan joy egallagan. Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubi 62.  KONKAKAF (Shimoliy Amerika) lideri "Amerika" esa reytingning 99-pog‘onasidan joy olgan.

O‘zbekiston chempioni - "Lokomotiv"  esa 76,5 ball bilan 271-o‘rinda qayd etilgan. "Temiryo‘lchilar"dan so‘ng "Brayton", "Sampdoriya" kabi jamoalar tilga olingan.

Shuningdek, dunyoning eng kuchli 400 klublari safiga "Nasaf" va "Paxtakor" ham qiritilgan.

IFFHS reytingi. 2018 yil

1. "Atletiko" (Ispaniya) 289 ochko

2. "Real" (Ispaniya) 284 ochko

3. "RB Zaltsburg" (Avstriya) 278 ochko

4. "Barselona" (Ispaniya) 273 ochko

5. "Yuventus" (Italiya) 265

...

62. "Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya) 153

68. "Kashim Antlers" (Yaponiya) 149,5

95. "Ulsan Xyonde" (Janubiy Koreya) 133,5

98. "Al-Ayn" (BAA) 131

105. "Suvon Blyuingz" (Janubiy Koreya) 126

118. "Perspelois" (Eron) 116,5

130. "Al-Sadd " (Qatar) 113,5

...

271. "Lokomotiv" (O‘zbekiston) 76,5

274. "Brayton" (Angliya) 76

288. "Atletik" (Ispaniya), "Selta" (Ispaniya), "Jirona" (Ispaniya), "Sautgempton" (Angliya), "Vest Xem" (Angliya) 74 ochkodan

298. "Nasaf" (O‘zbekiston) 73,5

393. "Paxtakor" (O‘zbekiston) 62.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!