
"Lokomotiv" ertaga yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazadi
Ertaga, 28 fevral kuni “Lokomotiv” PFK yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, “Lokomotiv” futbol klubi uchun har mavsum startida shunday tadbir tashkil qilish mana bir necha yildirki odatiy holga aylangan. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning amaldagi chempioni sport sohasida faoliyat yuritayotgan OAV xodimlarini ertangi tadbirga taklif etadi.
Tanishtiruv marosimi TTZ “Lokomotiv” stadionining matbuot anjumanlari zalida tashkil etiladi va soat 12:00da boshlanadi.
Fikrlar