Lomachenkoning keyingi raqibi rasman tasdiqlandi
Ikkinchi yarim engil vazn toifasining WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko keyingi jangini ikkinchi engil vaznda WBA (Super) kamari sohibi kubalik Gilermo Rigondoga qarshi o‘tkazadi.
Bu haqda har ikki bokschi va Top Rank promouterlik kompaniyasi ma’lum qilgan. Jang 9 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi “Madion Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi.
– Biz muxlislarga ular xohlayotgan tomosha tashkil qilmoqchimiz. Buni birgalishib qilaylik, Gilermo! – deydi Lomachenko o‘zining tvitter sahifasida.


Fikrlar