
London grandlari "Milan" vingeriga qiziqib qolishdi
"Milan" vingeri Suso faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Tottenxem" va "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.
Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum A Seriyada 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar